Ko‘ngil uzib ketay desam, yurak bunga ko‘nmaydi
Ayriliqni azobiga, mening kuchim yetmaydi
Hammasidan kechib ketish, qo‘limdan ham kelmaydi
Sevmayman deb aytolmayan, bunga tilim bormaydi
Dilimdagi alamlarim, arimaydi o‘chmaydi
Bu sevgini azobidan, tinch ham yashab bo‘lmaydi
Qo‘l siltab ham ketolmayman, bunga qo‘lim bormaydi
Sensiz hayot surishga ham, bardoshim ham yetmaydi
Sabr qilib yashayverish, jonimga ham tegib ketdi
Sabrimni ham sinama ko‘p, ko‘nglim bilsang og‘rib ketdi
Bir bor bo‘lib, bir yo‘q bo‘lib, yurishlaring jonga tegdi
Yuragimni ezaverma, sabrim bilsang oxiri yetdi.....