Qadriga yeting bo'lsa akangiz.
Qo'lin tuting bo'lsa ukangiz.
Bir kuni qurisa mador tinkangiz.
Begonalar tomon chopa olmaysiz.
Ulardan boshqani topa olmaysiz.
Boshingizda tuting mushfiq singlingiz.
Ko'tarar shu qizcha bir kun ko'nglingiz.
G'amli kun kelganda shuni bilingiz.
Tashvishlar eshigin yopa olmaysiz.
Ulardan boshqani topa olmaysiz.
Agar yoningizda bo'lsa opangiz.
Poyini emaklab to'yib o'pingiz.
Musibat chog'ida har yon chopingiz.
Bozordan boshqa bir opa olmaysiz.
Ulardan boshqani topa olmaysiz.
Bugun sho'x yugurgan jajji bolangiz.
Artadi bir kuni ko'zda jolangiz.
Suykalib kelsa gar boshin silangiz.
Birovning bolasin o'pa olmaysiz.
Ulardan boshqani topa olmaysiz.
Qa