To'yib yemas gilos tarvuzni, Telefondan uzolmas ko'zni, Faqat sog'inch qiynaydi bizni, Rossiyada ishlab yurganlar. Sog'inadi o'g'il qizini,Qadirlaydi vatan tuzini, Rus aralash aytar so'zini, Rassiyada ishlab yurganlar. Do'llirlarga oldim deya qo'y, Borsam boshlarmikin deydi to'y, Xayolida faqat yaxshi o'y, Rossiyada ishlab yurganlar. Musofiru qalbida iymon, Sog'inchiga topolmas imkon, Qayda bo'lsa bo'lsin sog' omon, Rossiyada ishlab yurganlar, Oilasini xalol boqqanlar.......!