Kimlar uchun yugurdim, yeldim, Tovonimga to'ldi tikanlar,
Bu dunyoda ko'p ekan, bildim, Yaxshilikni bilmaydiganlar....
Olib chiqsang daryodan omon,
Nish urarkan yelkangga chayon, Chayondan ham bo'larkan yomon, Yaxshilikni bilmaydiganlar.....
Boringni hech ko'rolmas ekan,
Yo'g'ingni ham berolmas ekan,
Bir kuningga yarolmas ekan,
Yaxshilikni bilmaydiganlar.....
Qo'yni bersang agar ehsonga,
Qarzsan derkan endi arqonga,
Rosti, tegib ketarkan jonga,
Yaxshilikni bilmaydiganlar.....
Qo'y azizim, buncha kuyma bas, Yaxshilik qil, qilmagin g'araz,
Xudo bilsin, bilmasa bilmas,
Yaxshilikni bilmaydiganlar!!!!!