Mayli uncha go’zal bo’lmasin
Faqat sevgi nima bilmasin
Tunlar "allo-allo”qilmasin
Oddiygina qiz toping,ona.
Qalbi go’zal bo’lsa bo’lgani
O’z ahdida tursa bo’lgani
Vafo nima,bilsa bo’lgani
Oddiygina qiz toping,ona.
Bir soatlab bog’da qolmagan
Sevib so’ngra dog’da qolmagan
Yigitlardan gullar olmagan
Oddiygina qiz toping,ona.
Kiyimlari tor bo’lmasin hech
Sevgan yori bor bo’lmasin hech
Bundaylar kam, bo’lmasidan kech
Oddiygina qiz toping, ona.
So’rangchi bir dugonasini
Sirdoshiyu, yagonasini
Avval ko’ring bir onasini
Oddiygina qiz toping, ona.
Qishi bilan devzirani urgan do'stlarim, Bahor kelib bilet olib surgan do'stlarim, Musofirlik azobini ko'rgan do'stlarim, Omonmisiz Rossiyada yurgan do'stlarim. Asrab yursin duolaru tumoringiz, Sizni kutar bilyard futbol qumoringiz, Bizni esa tutar sizni humoringiz, Omonmisiz Rossiyada yurgan do'stlarim Charchaganda samogondan urib turing, Oqquloqqa sinchli uy ham qurib turing, Zerikkanda odnoga ham kirib turing, Omonmisiz Rossiyada yurgan do'slarim, Bilaman men ablisovka urmoqdasiz, Yo devorga shpaklovka surmoqdasiz, Topdingiz deb balki qotib kulmoqdasiz Omonmisiz Rossiyada yurgan do'stlarim Men ham sizday sog'inganman guzarimizni, Sog'inganman muzdek shirin suvlari
Отанг ёлғиз қолмасин,
Онанг ёлғиз қолмасин,
Борида ет қадрига,
Вақт тортиб олмасин.
Отанг борми давлатинг,
Онанг борми жаннатинг,
Мехр бериб шод айлаб,
Кўрсатиб тур химматинг.
Дуогўйинг онангдур,
Дуогўйинг отангдур,
Шу иккиси бўлмаса,
Кўнглинг гўё мотамдур.
Ота рози худо рози,
Она рози худо рози,
Бу дунёда энг ёқимли,
Ота-онамиз овози.
Бир кун ота бўласан,
Бир кун она бўласан,
Ота онанг қадрини,
Ўша кунда биласан.
Аллоҳдан умр сўра,
Уларга сўра соғлик,
Ота онанг омон бўлса,
Ана шу катта бойлик.