Tuyg'ularni dilni uyg'otib, Ishqdan olib xijronga sotib. Muhabbatni zor zor yig'latib, Tashlab ketish oson ekanda?! Yuragingga hislar to'ldirib, Unitilmas izlar qoldirib. Jon bag'ishlab so'ngra o'ldirib, Tashlab ketish oson ekanda?! Yolg'onlarni rostdayin so'zlab, Mehrga zor dillarni izlab. Baxtsiz etib, o'z baxtin ko'zlab, Tashlab ketish oson ekanda?! Halovating tinching o'g'irlab, Sof sevgingni armonga o'rab. Xijolatham qilmay, baxt tilab Tashlab ketish oson ekanda
Ko‘zingizni berib turing, yig‘lab olay. Men boshimni urmagan bir tosh qolmadi, Rostin aytsam, yuragimda dosh qolmadi. Qurib qolgan kiprigimda yosh qolmadi, Ko‘zingizni berib turing, yig‘lab olay. Uzun-uzun armonlarim chiqib ketsin, Zardoblarim ko‘z yosh bo‘lib oqib ketsin. Qalbimga bir qizg‘aldoqlar boqib ketsin, Ko‘zingizni berib turing, yig‘lab olay. Yo gul bo‘lib tosh yurakda unolmayman. Ko‘nolmayman, bu dardlarga ko‘nolmayman, Ko‘zingizni berib turing, yig‘lab olay. Quzg‘unlarning qilig‘idan zorim keldi, Tog‘ qalbimga nafrat degan sorim keldi, O‘zim bo‘lib yig‘lolmayman, orim keldi, Keling, Sizning ko‘zingizda yig‘lab olay, Jon rishtasin joningizga bog‘lab olay.
Ҳуд (алайҳиссалом)нинг қиссаси Қуръони каримнинг кўпгина сураларида келган, жумладан, Аъроф, Ҳуд, Мўминун, Шуаро, Аҳқоф сураларида батафсилроқ, Фуссилат, Зориѐт, Қамар, Ҳаққо ва Фажр сураларида эса қисқа тарзда келтириб ўтилади. Ҳуд (алайҳиссалом)нинг насаби Нуҳ (алайҳиссалом)га бориб тақалади. Баъзи тарихчиларнинг айтишига кўра унинг шажараси қуйидагичадир: Ҳуд ибн Абдуллоҳ ибн Рабоҳ ибн Халуд ибн Од ибн Авс ибн Ирам ибн Сом ибн Нуҳ. Унинг қавми Од қабиласи эди, яъни қабила унинг бобоси исми билан аталарди. Уларнинг турар жойлари Аҳқофда бўлган. Ушбу ҳудуд ҳозирда Арабистон яриморолининг жанубида жойлашган Рубъал Холи ҳудудига тўғри келади. «Аҳқоф» арабча «ҳиқф» сўзининг кўплик