Turkiya, o‘zbek ayoli: Ko‘chada zina yuvib bola boqdim Turkiyaga ishlashga kelgandim, oilali bir turk bilan tanishib qoldim. Nikohiga oldi, bolali bo‘ldik. Qizim tug‘ilgach, bizni tashlab qo‘ydi. Ko‘chalarda zina yuvib bola boqdim, - deydi toshkentlik Ra’no (ismi o‘zgartirilgan). O‘zbekistonliklar turkiyaliklar bilan oila qurish bo‘yicha ko‘rsatgichning eng yuqori pog‘onasida qolmoqda. O‘tgan yili Turkiyada 4000 ga yaqin o‘zbekistonlik kelinlar rasman qayd etilgan bo‘lsa, rasmiy nikohsiz yashayotgan, yoki munosabatda bo‘lgan o‘zbekistonliklar sonini aniqlash imkonsiz. Ammo aynan shu norasmiy aloqalar natijasida qiyin vaziyatlarga tushib qolayotgan o‘zbekistonlik ayollar soni kun say