Albatta, ushbu maqolalar kamchiliklardan xoli bo'lmasligi mumkin, lekin ba xoli qudrat, o'z tajribalarimdan kelib chiqib bilganlarimni yetkazish - maqsadim. Birinchi navbatda, albatta, Alloh taoloning roziligi. Unga yo'liqadigan kunda albatta o'z imkoniyatlarimdan kelib chiqib, bo'ynimdagi farz - Amri ma'ruf va Nahiy munkarni ilojim boricha ado qilishga harakatimga dalil o'laroq qilyapman bu ishlarni. Alloh taolo Kitobida zikr qilgan ummatning xayrlisi bo'lish sharti - yaxshilikka chaqirish, va yomonlikdan qaytarish ekan. Ana undan keyin Rosululloh alayhissalom aytganlaridek birodariga o'ziga yaxshi ko'rganini ilinuvchi komil mo'minlikka harakatim sababidan boshladim. Allohdan ishimni davoml
Poklik. Poklanish.
Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Insof bilan, tafakkur qilib dinlarni kuzatar ekanman, Alloh subhanahu va taolo Islomni poklik bilan naqadar jozibador qilganini guvohi bo'ldim.
Shariat ahkomlarini o'zida mujassam qilgan katta-katta tom-tom kitoblarning bo'limlari - tahorat bo'limi bilan boshlangan.
Bu bejiz emas, albatta.
Inson ibodat qilishi uchun, avvalo unga yaroqli bo'lishi, pok xolatda bo'lishi talab qilinadi.
Namozni qoyim qilishdur, Qur'oni Karim tilovatidur, Haj amallarini ado qilishdur, Ilm olishdur - bularni barchasiga tahoratli bo'lish talab qilinadi.
Dinimizda boshqa amallarni qilishda ham, kasb-kor qilishdur, xattoki uxlash, orom olishda ham tahoratli, pok xola