Смотрите прямую трансляцию боя за объединение поясов в легком весе между чемпионом Хабибом Нурмагомедовым и обладателем временного титула Дастином Порье онлайн.
Qoshing qora, ko'zlaring qora,
Yulduzisan qaysi osmonning.
Eslolmasang o'zim eslatay,
Bolasisan O'zbekistonning!
Qachon kelding bu yerga o'zi?
Ne maqsadda daydib yuribsan?
Anchagina ulg'ayibsanku,
Qorayibsan ozib to'zibsan.
Jilg'alarsiz daryo quriydi,
Daryoyingni qo'yma unutib.
Yur, barini eslaymiz birga,
Aylantiray qo'lingdan tutib.
Yodingdami beshiging o'g'lim,
Undan hali hiding ketmagan.
Mahallangning yo'liga qara,
Bosib o'tgan izing ketmagan.
Onang, tandir yonida,
Yopayapdi sen uchun kulcha.
Etagidan ajramasdingku,
Sog'intirding sen uni buncha.
Akang bilan uchirgan varrak,
Boq, osmondan tusholmayapti.
Opang seni sog'inib yig'lab,
Tishlaganin yutolmayapti.
Oxirgi bor qachon eshitdin