ASL OTALARNING ASL QIZLARI
Gulday umri tog‘day ma’noga to‘lig‘,
Mag‘rur otalarning g‘urur izlari.
Ikki dunyoda ham yuzlari yorug‘,
Asl otalarning asl qizlari.
Tavfiq va taqvosi amalda zohir,
Suhbatlari ruhni allalar sohir,
Yor boshlagan yo‘ldan borar to oxir,
Asl otalarning asl qizlari.
Haqso‘z otalardan meros haqiqat,
Qondan o‘tar ulug‘ ne’mat farosat,
Kelgan davrasida mehmon oriyat,
Asl otalarning asl qizlari.
Joni fidolikdan topgani bisyor,
Bolalarini deb tun-u kun bedor,
Xudoning so‘ziga dil bergan dildor,
Asl otalarning asl qizlari.
Ko‘ngil to‘lib ketsa, dildosh axtarib,
To‘kilsa g‘arq bo‘lar bu olam g‘arib,
Gapi chiqmagan nom olgan ulg‘ayib,
Asl otalarning asl qizlari.
Oila qo‘rg
o'zbek tilini rivojlanishi uchun albatta ingliz tili yoki arab tilini o'rganishimiz shart. men faqat o'zbek tilini bilsam bo'ldi deganlar o'zbek tilini rivojiga qissa qoʻshaolmaydi