"Lekin bu, asosan, qimmatbaho va rangli metallar yo‘nalishida bo‘lib, sanoat uchun muhim minerallar bo‘yicha foydalanilmagan juda katta zaxira mavjud. Xususan, yurtimizda 32 turdagi shunday qazilma boyliklari bor," - deya bildiradi Mirziyoyev rahbariyati.
Bugungi majlisda ta'kidlanishicha, elektromobil, yashil energetika, elektrotexnika sanoatida kamyob metallarga talab tobora ortib, jahon bozorida molibden, tellur, selen va grafit narxlari keskin oshgan.
Hozirda O'zbekiston 6 turdagi mineral xomashyo taklif qiladi. "Bunga qo‘shimcha platina, indiy, vanadiy metallari hamda volfram, molibden, rux, marganes kabi minerallardan yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar olish imkoniyati bor", - deyiladi rasmiy bayonotda.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев