Bu boradagi taqiqlar amalda bekor qilinadi.
Bu sohadagi faoliyatni tartibga solish va litsenziyalash vakolatiga ega Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) Gazeta.uz nashriga bildirishicha, "O‘zbekistonda hayotning barcha jabhalarida raqamli texnologiyalar va elektron to‘lovlarning faol joriy etilishi, shu qatorda, tavakkalchilikka asoslangan onlayn o‘yinlarning keng tarqalishiga xizmat qilgan".
Agentlikka ko'ra, hukumat internet tarmog‘ida o‘yinlar tashkil etish, bukmekerlik faoliyati va lotereyalar o‘tkazish, litsenziyalash talablari va shartlarini, shuningdek, Stavkalar va o‘yinchilar yagona davlat registrini yaratish va yuritish tartibini belgilaydi.
Hukumatning asosiy maqsadi, deya bildiradi ILMA, "kiritilgan mablag‘larni nazorat qilish va o‘yin tashkilotchilariga o‘yinlarda ishtirok etishi taqiqlangan shaxslar ro‘yxatini va boshqalarni xabar qilishdir".
Fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilinishi kerak shuningdek, qimor o‘yinlariga qaramlikning oldini olish va unga qarshi kurashish mexanizmlarini joriy etish zarur.
Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarda ishtirok etish uchun cheklovlar ham bo'ladi. "Xususan, litsenziyalar asosida tashkillashtirilgan lotereya, internet tarmog‘idagi o‘yinlar va bukmekerlik garovlarida faqat 18 yoshga to‘lgan O‘zbekiston rezidenti va norezidentlari qatnashishi mumkin".
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев