Bu xush onlar
Bir tushdayin,
O’tdiyu ketdi…
Muhammad Yusuf
Oromgoh yo’lkasidan istiqbolimizga peshvoz chiqqan- Mirodil emas, aynan Muhammadning o’zi edi nazarimda. Kulimsirashi, odamning yuziga tik boqmay xiyol engashib mahzun tikilishi, qovoq milklarining xiyol bo’rtib turishi , gapirganda biroz sukut saqlab, lab chetlarining ohista tishlashlari – bularning hammasi Muhammadjonning aynan o’zi edi. Mana shu his tuyg’u og’ushida u bilan quchoqlashib ko’risharkanman, uning ovozini xiyol titrashidan, o’sha men ko’rganim-ko’z milklarida shishinqirab turgan narsa tiniq va armon yoshlari ekanini his qildim. Bu holatdan mening ham ko’zlarimga yosh keldi. U tirsagimdan qo’yib yubormay, chorpoya tom