Ro'zg'or uchun pul topay deb boshini qashlab, Uzoq yurtga er ketsa uyini tashlab, Bir oy o'tmay ayshu ishlarni boshlab, Sadoqatni unutgan ayrim ayollar, Er bechora olib bergan so'tka bo'ynida, Ko'nglin hushlab yotadi birov qo'ynida, Shaytonni hiyonat degan o'ynida, Zavqlanib o'ynagan ayrim ayollar. Telefonda tonggacha suhbatlar qursa, To'g'ri gapni atayin qing'irga bursa, Qaysi erkak yo'q derdi suzilib tursa, Sharm hayo bo'lmagan ayrim ayollar. Duch kelganga erini yomon deb so'zlab, Qiynaldim deb turmushda yolg'ondan bo'zlab, Aslida u shaxvoni nafsini ko'zlab, Oxiratni unutgan ayrim ayollar. Eri ishlar olislarda terlarga botib, Bola chaqam deya hatto sovuqda qotib, Ayol yurar buyerda tanasin