DOʻSTIMIZ LAZIZBEK XOTIRASIGA ....
Daraxt bargin toʻksa kuz kelar,
Bugun shamol boshqacha yelar,
Tilimizga qanday so'z kelar,
Bevaqt ketgan do'stim Lazizbek.
Eslaganda bolalik chog'lar,
Yugurardik dalayu bog'lar,
Qidiramiz bugun har yog'lar,
Bevaqt ketgan do'stim Lazizbek.
Kutishdan ham ayriliq yomon,
Termulamiz endi qay tomon,
Ketmaganday koʻrinar hamon,
Bevaqt ketgan do'stim Lazizbek.
Farzandining koʻzida yoshlar,
Jigarim der xoʻp qarindoshlar,
Ishonmaydi xech sinfdoshlar,
Bevaqt ketgan do'stim Lazizbek.
Yeg'ilganda do'stlar jamuljam,
Oqibatda bardavom har dam,
Bugun esa bitta doʻstim kam,
Bevaqt ketgan do'stim Lazizbek.
Duodamiz oʻzga na chora,
Dil og'ridi yuraklar pora,
Tush boʻlsa