Qo'limda qolib ketdi senga olgan atirgulim. Gul deb aytolmayman so'nib bo'ldi butkul. Gul mayli so'nib ketar, bir kun to'kilib ketar. Lekin bechora yurak, unga sen kerak. Sen ketganingdan keyin ketdi ko'zimdan uyqu. Ne bo'lganda ham seni sevar edimku. Mayli bedorlik o'tar, sevish, hammasi bitar. Lekin bechora yurak, unga sen kerak. Yurak sensiz chidolmasa kerak. Yurak o'rnida tinch turolmasa kerak. Ko'nglim sezar unga bu dosh berolmasa kerak. Unga sening mehring kerak. Yolg'izlikdan kelmaydi ko'zlarimga halovat. Nigohing berar axir yuragimga harorat. Balki, vaqt davo bo'lar, hammasi o'tib ketar. Lekin bechora yurak, unga sen kerak. Netayin yuragimga aytgin nima qilsin. Sensiz u qandayin sevi
Brayn Tumori (tananing biror ichki qismida paydo bo'lib, tashqariga bo'rtib chiqadigan yirik o'sma) hastaligidan azoblanayotgan ayolni kasalxonaga yotqizishdi. Uning o'g'li va qarindoshlari ham shu yerda edi. Ayol bir necha soat o'tib vafot etdi. Uning o'g'li kun bo'yi, toki ovozi qolmaguncha yig'ladi.
Ertasiga tobi qochgan holda uyiga qaytgach, onasining yotoqxonasidagi stol ustida qoldirilgan maktubni ko'rdi. Shuningdek, stol ustida bir nechta tabletkalar ham bor edi. Qo'li titrab xatni o'qidi:
"Bu dorilarni ichib ol, bilaman shuncha yig'laganingdan keyin, tomog'ing og'riyotgan bo'lsa kerak... Oying..."