Bu besh kunlik hayotda Ikki ko'zim xayratda Uyalmasdan uyatda Qolganlarni ko'rdim men. Yengilib ba'zan yovsiz Qolib birrov qarovsiz Hatto cho'g'siz olovsiz Yonganlarni ko'rdim men. Noxaqlarning yonini. Bechoraning molini. Jon deb turib jonini... Olganlarni ko'rdim men. Amal qilmay diniga. Bir martamas kuniga. Shaytonlarni diliga. Solganlarni ko'rdim men. Begona bilan yotgan Balchiqqa beldan botgan Hatto badanin sotgan Arzonlarni ko'rdim men O'zga yurtlarda yurgan Qaytib kelomay turgan Peshonasiga urgan Sarsonlarni ko'rdim men Har kuni ichib yurgan Ichib otasin urgan. Ikki oyoqda yurgan Hayvonlarni ko'rdim men Haqiqat so'z aytganda Qilganida attangda Bolasidan qaytganda Vayronlarni ko'rdim me