Bir kun kelib yodga olasan
Mening otash sevgimni qaytib
Yuraginga ismimni aytib
Tig'laysan-sen tig'layverasan
Bir kun kelib izlab qolasan
Yo'llarimni bo'lsa hamki kech
Mensiz yeru-osmonlarga hech
Sig'maysan-sen sig'mayverasan
Bir kun kelib faryod solasan
G'ururingdan qolmaydi asar
Ko'z yoshingdan qolmaydi asar
Yig'laysan-sen yig'layverasan