Siz vatanga qaytyapsizmi
Shoshmang biroz to'xtab turing
Aka rostan ketyapsizmi
Siz Onamga salom ayting
O'ynab kulib yurganimni
Ayting vaqtli turganimni
Aytmang azob ko'rganimni
Siz Onamga salom ayting!
Dard qo'shmang bas hech nolamga
Yomonlamang hech xolamga
Jar solibla bir olamga
Siz Onamga salom ayting
Ishtahamni zo'rligini
Aytmang pulim yo'qligini
Ayting qornim to'qligini
Siz Onamga salom ayting
Tiriklayin o'lganimni
Aytmang dardga to'lganimni
Ayting ishlab yurganimni
Siz Onamga salom ayting!
Juda ham bir sho'xligimni
Ayting uchar o'qligimni
Aytmang gapga yo'qligimni
Siz Onamga salom ayting!
Tamom bo'ldi Xasan sabri
U yosh edi hozir qari
Aytmang barcha gaplar bari
Siz Onamga salo