O'ksinmang xech qachon baxtim kam deya. Endi ko'zda mudom armon nam deya. Siqilmang bu dunyo azal g'am deya. Siz xali xammadan baxtli bulasiz. . . Bilaman bu dunyo aslida bir kam. Kimning ko'ksi tog'dek. Kimning ko'zi nam. Vaqt bariga malxam, vaqt oliy xakam. Siz xali xammadan baxtli bo'lasiz. . . Vaqt o'tib shundayin zamon bo'ladi. Suvsiz saxrolarda ummon buladi. Baxtingiz kimlarga armon bo'ladi. Siz xali xammadan baxtli bo'lasiz. . . Bugun ortingizdan g'iybat qilarlar. Oqni qora diya tuxmat qilarlar. Ko'rasiz ertaga xasat qilarlar. Siz xali xammadan baxtli bo'lasiz.