Tug'ilding o'rashib,oppoq yo'rgakka Erkalab,e'zozlab sevib-suyishdi.Ruh oxir tanangni tark etgan kuni,Yana shu yo'rgakka o'rab qo'yishdi.Bu hayot shu ikki yo'rgak orasi...Ko'z ochib hayotni ko'rganing zahot,Odamlar yig'ingga jim quloq osdi,Bandalikni bajo keltirgan kuning Dunyoni o'zgalar ko'z yoshi bosdi.Bu hayot shu ikki yo'rgak orasi...Shu qisqa hayotda eng muhim yumush,Yaxshi nom qoldirish,yashamoq ekan.Angladim,tug'ilish aslida do'stim,O'limga ilk qadam tashlamoq ekan,Hayot tug'ilish va o'lim orasi...