Chiqaringlar mayli yomonga,
Surgun qiling qaytmas tomonga.
G'ururimni surib bir yonga,
Yana qaytsa yana sevardim.
Egdi garchi mag'rur boshimni,
Daryo qildi ko'zda yoshimni.
Xuddi o'sha bag'ritoshimni,
Yana qaytsa yana sevardim!
Mayli kulgu bo'lsam ham sizga,
Ko'rinmaydi o'zgalar ko'zga.
Mening baxtim bo'lsa ham o'zga,
Yana qaytsa yana sevardim!
Qiziqaman tilagi bilan,
Baxtli bo'lsin keragi bilan.
Uni sevgan yuragim bilan,
Yana qaytsa yana sevardim!
Yuragimni tutib qo'liga,
Qalbim to'shay yurgan yo'liga.
Dilim bog'lab yarim ko'ngliga,
Yana qaytsa yana sevardim!
Onajon deb yig'lamagan yurak yurak emas.
Gar onamsiz kirsam jannat kerak emas.
Köz yow tökar meni qilgan nolam uchun.
Özi emay deydi faqat bolam uchun.
Jannatlardan özga tilak tilak emas.
Gar onamsiz kirsam jannat kerak emas.
Yulduz oysiz falak falak emas.
Gar onamsiz kirsam jannat kerak emas.
Makka Madinaga özim olib boray.
Yuragimga Alloh nomin solib boray.
ONALAR OYOG'I OSTIDA JANNAT.