Muhtojlik, ruhan va ma'nan unga bòysunadigan odamlarnikiga tashrif buyuradi. Boylik esa orziqib kutgan, undan zavqlangan va uni qabul qilishga tayyor odamlarnigina tanlaydi.
D. Gilles.
Ey do`stim, ey do`stim,
Davlating, imkoning bo`lsa,
Tulporing choparga maydoning bo`lsa,
Manziling ko`zlagan karvoning bo`lsa,
Eng avval otangning qadrini bilgin,
Eng avval onangga yaxshilik qilg`il.
Zeb-ziynat ustunmas ota-onangdan,
Mol-davlat ustunmas ota-onangdan,
Hashamat ustunmas ota-onangdan,
Maishat ustunmas ota-onangdan,
Eng avval otangning qadrini bilgin,
Eng avval onangga yaxshilik qilg`il.
Bugun qadah tutib turgan dilbarlar
Yiqilsang, bir kunda tashlab ketarlar,
Odam bo`lib solgin ortga bir nazar,
Eng avval otangning qadrini bilgin,
Eng avval onangga yaxshilik qilg`il.
Oppoq sochlarida sabr beshigi,
Ajinlar qatori – jabr beshigi,
Biz ochib kirmasak mehr eshigin,
Qarsillatib yop