Ko'nglim qora, tordayin ichim. Asab tarang yoqmaydi xech kim. O'z -o'zimga pichirlayman jim. Sog'indimmi balki otamni, Sog'indim men yoki onamni..?
Musofirni oshin yedim men, Osh yeguncha o'tin terdim men, Yig'i keldi trik yetim men. Sog'indimmi balki otamni, Sog'indim men yoki onamni.
Qalbim yig'lab, kulib turibman. Kecha tunda tushda ko'ribman, G'amgin xomush bo'lib yuribman. Sog'indimmi balki otamni, Sog'indim men yoki onamni.
Qo'lim ishga bormaydi yetim. Alamimdan, sho'r yerni tepdim. Naxot buncha, yomon zeriktim. Sog'indimmi balki otamni, Sog'indim men yoki onamni.
Afsus ular mendan yirog'da, Yonayapman unsiz firog'da, Xayot meni qiynagan chog'da, Sog'indim
Men bulutni oq deb yuribman, Yuragingiz buncha oq ONA. O'zga yurtda ishlab yuribman, Dunyo menga o'yingox ONA. Qaleysan deb so'rasangiz holim, Hargalgidek holim chog' ONA. Ko'zmunchog'lar kerakmas menga, OLLOX menga ko'zmunchog' ONA. ONA duolariz asraydi meni, Ko'nglim mangu yashil bog' ONA. ONA yolg'onlarga o'rgatmagansiz, Xaqni izlab ko'nglim chog' ONA. Qaytgim kelar o'z uyimga goh, Sog'inch buncha yomondur ONA. O'par tuproq oyog'ingizni, Tuproq mendan baxtliroq ONA.!!!