Sen Xudoni dòst tutsang, Unga suyuk bòlgaysan. Ikki dunyoing obod, Baxt shavqiga tòlgaysan! Sen Xudoni dòst tutsang, Oxiratni òylaysan. Hayot janggohi aro G'olib bòlib òtgaysan! Sen Xudoni dòst tutsang, Òz-òzingni qullaysan. Nafsini Xudo bilgan Gadolardan qòrqmaysan! Sen Xudoni dòst tutsang, Yerdasan yo kòkdasan, Aslo qorong'u tushmas Oppoq-oydin yòldasan!