Umr shoshqin daryo ekan, soy ekan,
Bu oy “Qur’on” nozil bo‘lgan oy ekan,
Ro‘za tutgan zot iymonga boy ekan
Mo‘min-musulmonlar, ro‘za muborak!
Qabul qilsin Subhon Alloh Taborak.
Ro‘za bizga yordam qo‘lin uzatmish,
Takabburlar axloqini tuzatmish.
Rasululloh yig‘lab uni kuzatmish
Mo‘min-musulmonlar, ro‘za muborak!
Qabul qilsin Subhon Alloh Taborak.
Miskinlarni boy yedirib ichirsin
Arazlashgan bir-birini kechirsin
Alloh olov kamzullarni yechirsin
Mo‘min-musulmonlar, ro‘za muborak!
Qabul qilsin Subhon Alloh Taborak.
Bo‘lsang uyda, xoh dalada, adirda,
Uxlab yotma sen Laylatul-qadrda.
Bu tun hatto ruhlar yotmas qabrda
Mo‘min-musulmonlar, ro‘za muborak!
Qabul qilsin Subhon Alloh T
"Bo`ldi, unutaman!”,
- deb o`ylaysan... Vaqt o`tib rostdan ham unutgandek bo`lasan...
Avvalgidek qalbing tortmaydi u tomon... Lekin bittagina qo`ng`iroq va uning ovozini eshitishing bilan qalbing yana ostin-ustun bo`lib ketadi...