Agar sizni hayot sinasa
Orzu dard bilan siylasa
Qalbingizni gumon qiynasa
Sabr qiling bari o'tadi
Do'stlaringiz aldab ketsa ham
Joningizdan o'tib ketsa g'am
To'g'ri bir oz qiladi alam
Sabr qiling bari o'tadi
Boshingizga tushsa tashvishlar
Tuxmat bilan otilgan toshlar
Bo'g'zingizga kelsa mish-mishlar
Sabr qiling bari o'tadi.
G'am silasa mag'rur boshingiz
Goh minnatli yegan oshingiz
Nomardlarga tushsa ishingiz
Sabr qiling bari o'tadi
Kulib turgan do'stingiz sotsa
Sevganingiz sevgingiz sotsa
Yo'l topolmay boshingiz qotsa
Sabr qiling bari o'tadi
Hayot sinar barcha insonni
Yengarmikan deya yolg'onni
Unutmaylik Parvardugorni
Sabr qiling bari o'tadi