Hayot shunday yaralgan,
kim boyvacha kim g'arib.
kimlar olisga ketgan,
o'z baxtini axtarib.
Kim nochoru kim bemor,
davo istar dardi bor.
Hayot shunday dilozor,
nomardi bor mardi bor.
Kim chiroyli yaralgan,
ammo ko'zlarida nam.
Besh kunlik dunyoning,
doim nimasidur kam.
Kimdur ko'rgan hiyonat,
o'zi sevgan yoridan.
Shu insonga ishonib,
kechkan edi boridan.
Kimlar bola-chaqam deb,
yot ellarda sarsondir.
Shu jujuklar bo'lmasa,
hayot narxi arzondur.
Kimlar yashar otasiz,
kimlar esa xor qilar.
Otang bormi shukir qil,
ular yo'qdan bor qilar.
Kimlar ona poyiga,
gul to'shaydi har onda.
Kimlar onasiz qolib,
yig'lab yurar armonda.
Kimlar uzun dunyoning,
ustunidan tutadi.
Bu kibrli kimsalarni,
bir kun