Kecha kunduz aqlimni qiynar tin may bir savol Es hushum joyidamas qaerlardadir hayol Izlab izlab charchadim ohiri bo'ldim behol Onam tariflaganday kelin qaerda?Aytishicha kerakmush onamga shunday kelin Oyoq qo'llari chaqqon tillari bolday kelin Xush muomala ifatli hunari gulday kelin Afsus topolmayapman qaerda bunday kelin Bir qanchasin uchratdim harbirida hush chiroy Birisi go'zal bo'lsa yana biri juda boy Birisi juda kamtar biri tutar o'zin oy Birisi bosiq bo'lsa yana biri erkatoy Mayli taqdirda bordir yozgani peshonamga Ko'nglim bog'in yashnatsin fayz qo'shib ostonamga Tariflaganday kelin bo'lib kelsin onamga O'shanda aylanadi kulbaham koshonamga