Goho yoshlik qilib qalbingiz tildim,
Kechiring mendayin farzandingizni.
Olis yurtlarda men qadringiz bildim,
Onajon sog'indim, sog'indim sizni
Har tong issiq non yo'q dasturxonimda,
Oromim yo'q na kunim, na tunimda.
Garchi shuncha yaqinlarim yonimda,
Onajon sog'indim, sog'indim sizni
Hayolimdan ketmas har-bir so'zingiz,
Tushimda ko'raman nurli yuzingiz.
,,Bolam- qayda bo'lsang omon bo'l" deysiz,
Onajon sog'indim, sog'indim sizni
Omadim, baxtimni so'rab xudodan...
Bilaman, qo'lingiz tushmas duodan,
Qanday qarzim uzay siz mehridayodan?
Onajon sog'indim, sog'indim sizni
Xayot o'z yo'lida etadi davom,
Baxtimga sog'-omon bo'ling avvalom,
O'g'lingizdan sizga sog'inchli salom,
On
Onamga she'r yozsam yozolmayapman,
Ko'z yoshim yozuvni yuvib ketiyapti, Musofir do'stlarim men bilolmayapman, Bugun kim onasini sog'inmayapti?
Shu pulning ishqida dunyo keziyapmiz Ba'zida yig'lab, ba'zan kuliyapmiz,
Bir mushtipar bizni uyda kutiyapti
Ayting kim onasini sog'inmayapti?
Har kun ishdan qaytganimiz mahal,
Yoki uyg'onsangiz erta tong sahar,
Kim sizni onangizdek kutib oliyapti?
Kim bugun onasini sog'inmayapti?
Ko'z oldimdan ketmas ma'yus yuzlari, Mehrdan yonadi onam ko'zlari
Bizni kutib tuni bedor o'tiyapti,
Shundek onani kim sog'inmayapti?
Men bugun onamni yomon sog'indim, Sog'inchdan ko'z yoshlarim daryo bo'liyapti, O'zimcha she'r yozib biroz yozildim,
Ayting kim ona