Tug'ilmasdan oldin men Chiqib arshi a'loga, Oyni o'pib, qoldim men Yulduzlardan baloga. Tug'ilgandan to shu dam, Qumsab kecha kunduzlar, Oy qani, deb yig'lasam, G'iybat qilar yulduzlar... Hiqqillama, hey yurak, Dunyo bilan ishim yo'q. Bo'lsa menga Oy kerak. Yulduzlarga hushim yo'q!