Sog'inchimsan, qancha sog'inmay, Yurak tanho seni biladi. Gar uchrashsak, bir zumga tinmay, Ko'zlaringa boqgim keladi. Menga aziz bormi sen kabi, Olisliging bag'rim tiladi. Tasviringni hayolan chizib, Ko'zlaringa boqgim keladi. Ammo har gal suratga boqib, Qalb urishdan to'htab qoladi. Berkitaman, va yana olib, Ko'zlaringa boqgim keladi. Ko'rishmoqlik nasib qilarmi, Buni tanho Alloh biladi. Shu kun uchun asrab o'zimni, Ko'zlaringa boqgim keladi. Tinmay, tinmay o'ylasam seni, Hayolingda oqgim keladi. Baxtga to`lib yashashim uchun Ko'zlaringa boqgim keladi…………!!