Yaratganga beadad shukr
Kunim fayzga to'lib o'tmoqda
Yuragida beminnat mehr
Uyda meni ONAM kutmoqda.
Kelarmu deb yo'limga qarab
Sovib qolgan choyni yangilab
Dasturxonga issiq non o'rab
Uyda meni ONAM kutmoqda.
Dard yoniga kelma iltimos
Mehr beray qilayin e'zoz
Unga bitta men kerak xolos
Uyda meni ONAM kutmoqda.
Yashnab turgan bog'u dilimni
Usiz topolmayman yo'limni
Tirikchilik qo'yvor qo'limni
Uyda meni ONAM kutmoqda
Yo rab bugun qiyomatmu
Sening isming ko'p aytamiz
Buyuklaring bilib turib
Lair ishlaring qilamiz
Bu dunyo buncha shirin
Nematlaring undanda shirin
Beraversang biz so'rasak
Ayt tavba qachon qilamiz