Sen haqingda hattoki xech kimga so'zlolmayman
Yelkanga boshim qo'yim tinchgina uxlolmayman
Xar kishining xayotda yolg'iz yori bo'lsin
Xech kimdan yashirmagan quvonch shodligi bo'lsin!!!
Tor ko‘nglingni tog‘ etib,
Afgor dilim sog‘ etib,
Sevinchni hamroh etib,
Kelmaysanmi, sog‘indim.
Ko‘nglim tengi sen – tanho,
Vaslingni etgin ato.
Ko‘z yoshim bo‘lsin ado,
Kelmaysanmi, sog‘indim.
Uchrashib bir, o‘sha on
Quchog‘ingda bersam jon.
Ko‘rmoqqa topib imkon,
Kelmaysanmi, sog‘indim!