Meni kutib oldi baland binolar,
Yana rõparamda sovuq maskova.
Xatto ayraportni bag'ridan chiqmay,
Kichik hovlimizni sog'indim ona!
Hammayoq chiroyli, kõchalar shinam,
Manzilga elitar raso yõllari.
Ruxim vatanimda yashaydi faqat,
Maskovni kezadi oyoq qõllarim!
Gavdasi buyuk yurt,bag'ri bepayon,
Poyonsiz ormonlar kõp ekan ona.
Ammo Maskovada bizni chorbog'cha,
Mevali daraxti yõq ekan ona!
Buyerda ishkomda uzum pishmaydi,
Quyoshi mushtimcha saratonda ham.
Ham kuzi, bahori qishga õxshaydi,
Duo õqishmaydi dasturxonda ham!
Qizlari qoshiga õsma qõymaydi,
Baham kõrishmaydi tashvishu-g'amni.
Bu yerda kõrmadim amakimlardek,
Palovni qõl bilan yegan odamni!
Ona,
yillar õtdi, fasillaar g'iz-g'iz.