Do'stlari bilan ko'chada ketayotib
Yo'lning bir chetida uning otasi
mast xolda yotganini ko'rib erkak yig'laydi.
Erkak qachon yig'laydi ?
Farzandining tobuti qanchalik og'ir bo'lmasin
Ko'tarishga majbur bo'lib
Erkak yig'laydi.
Erkak qachon yig'laydi ?
Onajonisi olamdan o'tganidan
keyin
Unga qo'l siltagan kunlanlarini eslab
Erkak xun xun yig'laydi.
Erkak qachon yig'laydi?
Dushmanining bergan zarbasidan emas
O'sha zarbada do'stining qo'li borligini bilganida
Erkak yig'laydi.
Erkaklar yig'laydi siz bilmaysiz.
Dunyoga kulib qarab so'ng yolg'iz qolib berkinib
Erkak yig'laydi.
Erkak yig'laganda ayol buni bilmaydi.
Ayollar yig'lagan narsaga erkak yig'lamaydi...