Seni unutishga umrim yetarmi Qayt desam ortiga dunyo qaytarmi? G'ururim ishqimga azaliy dushman, Qayt ortinga yana meni sev! Mening qismatimda ayriliqlar bor, Senga bog'landim lek ayrildi yo'llar. Sevmagandim hech buqadar, Mendan ayrilmagan umidlarim bor....(((
...Qaylardasiz qay xayollarda
Sevgimdan ishqimdan to'ydingiz.
Yuragim sezyapti shu kunlar.
Siz meni unutib qo'ydingiz.
Bormikan oshiqning omoni
G'am sochar har yurgan tomoni .
Bilmaysiz baridan yomoni
Siz meni unutib qo'ydingiz
Men esa unutmay har damda.
Eslayman shodlikmi yo g'amda .
Mehringizni etib siz kanda
Siz meni unutib qo'ydingiz
Yarım ko'nglim to'larmikina ?
Sizsizlikka ko'narmikina?
Shunchalar ham bo'larmikina ?
Siz meni unutib qo'ydingiz
Tugamas ko'zdagi namlarim
Qaydasiz ey baxtli damlarim
Bilmaysiz nedandur g'amlarim
Siz meni unutib qo'ydingiz
Muhabbat har boshga savdomi
Sevganim aybmikin xatomi
Siz ham yo ko'p gulga shaydomi
Siz meni unutib qo'ydingiz...