Каталонцы могут доигрывать сезон в свое удовольствие. Команда уже оформила чемпионский титул, для этого ей хватило запаса в 85 баллов. Парни сумели оформить чемпио...
Rossiyaga o'ynagani borgan emas, Ruslar uni kulib kutib olgan emas. Chin aytayabman, aytganlarim yolg'on emas, Oson emas Musofirga, oson emas.
Sovuq kunda baland uylar qurgan bilar, Ish yo'g'ida "Xaltura" lar qilgan bilar. O'n besh kishi bir xonada turgan bilar, Oson emas musofirga, oson emas.
Oylab ishlab so'ng aldanib qolgan bilar, Million ishlab qo'lga 100 ming olgan bilar. Hali yetmay Deportatsiya bo'lgan bilar, Oson emas Musofirga, oson emas.
Bugun uylanib bir oy o'tmay uchgan bilar, Yorin qumsab yostig'ini quchgan bilar Kunda 10 bor militsiyaga tushgan bilar, Oson emas Musofirga, oson emas.
Qish kelishin zor-intizor kutgan bilar, "Yoshlik davri" Rossiyada o'tgan bila