Yolgʻizman deb kuyinma
Faryod qilib oʻkinma
Bir narsani unutma
Allohga suyanganni singanini koʻrmadim
Bu hayot past balanddir
Goho shirin goh taxir
Boy, kambagʻal yo sagʻir
Allohga suyanganni singanini koʻrmadim
Har narsani bilguvchi
Toʻgʻri yoʻlga solguvchi
Eng buyuk yaratguvchi
Allohga suyanganni singanini koʻrmadim
Humoyun shakh