Darddan azob cheksa jonim. G'amlarga to'lsa har yonim. Olloxdan omadim so'rar. O'sha mening onajonim. Boshim silar doim kafti. O'chmas hecham mehrin tafti. So'zi shirin hush zabonim. O'sha mening onajonim. Minnatsiz berar mehrini. Sezarman so'zin sehrini. Ko'zlari zor beg'uborim. O'sha mening onajnim. Bo'lmasin ko'nglida armon. Unga qilay jonim qurbon. Baxtim uchun bo'lsin omon. O'sha mening onajonim
Qayerlarda qoldi sadoqat, vafо? Har yerda alam, ayriliq, jafo. Ko'zlarda yosh, qalb topmas davo, Naxotki qizlarni hammasi bunchalar bevafo, Bu qanday, qanday bu dunyo. Ko'zimga ko'ringanlari barimi ro'yo. Atrof ham yolg'onday go'yo. G'uborlarini yuvolmas daryo, Avval boshda ko'rinib misli qand Sekin asta berar ekanlar pand, Ishonganlarim ketti bag'rimni tilib, Ular uchun borimni berganim bilib, Soxta kulgi, soxta nigohlar, So'nib borar asta sof tuyg'ular, Qamrab oldi tushkunlik gumon, Insonlar o'zgardi, o'zgarmagan zamon...