Chidaganman yöqchilikka ham hatto,Mayli chöntagimda pulim qolmasin, Keraksiz mol dunyo istamam ammo, OLLOHIM hechkimga kunim qolmasin. Ishi bitgach eshik yopganlar qancha, Sal egilsam turtib ötganlar qancha, Ortimdan toshlarin otganlar qancha, OLLOHIM hech kimga kunim qolmasin. Gohi iltimosdan yuzim sarg'aydi, Yalinishlar poraga ham aylandi, Ichimda özkönglim meni qarg'aydi, OLLOHIM hech kimga kunim qolmasin. Kimlardir non berib joning közlaydi, Xar bir sözlarida yolg'on sözlaydi, Tirnoqdan kir titib xato izlaydi, OLLOHIM hechkimga kunim qolmasin.Yaxshilik qilganda javob kutmadim, Sadaqa ulashib savob kutmadim, Pinxona sevdimu iwqni kutmadim. OLLOHIM hech kimga kunim qolmasin.Bugun dilim töl