G'iybat o'qin otganlar
Jigarlarin sotganlar
Pul uchun bu dunyoda
Bir-birini chopganlar
Ishonganing yoningda
Molu dunyo deb turar
Yiqilganda yoningda
Tez o'lgin deb bosh tepar
Shayton gapiga uchma
Aldov gulini quchma
Mast etar nayrang hidi
Ishonmasdan to'n yechma
Yasha yaxshi dunyoda
Bulsin qalbing ozoda
Baxting topib baxtiyor
Bulgin dono olamda
Ogoh buling odamlar
Katta kichik qadamlar
Yaxshi buling dunyoda
Qadrdonim ey do'stlar.
ONANGIZNI QO'LLARINI O'PIB QO'YING
Onangizni qo'llarini o’pib qo’ying,
O’sha qo’llar tebratganku beshigingiz.
Bolam kelsa kutmasin-deb onaizor,
Ostonada poylab turgan eshigingiz.
Sizning sarmast xayolingiz ketgan balkim,
Chaman aro ochilgan bir go’zal gulga.
Mehringizni berdingizmi, tongga qadar,
Yo’lingizni poylab chiqqan munis dilga.
Bu g'animat kunlar esa o’taverar,
Ostonada mangu qolmas sarg'ayib dil.
Boshingizni silagan bu qo’llar uchun,
Imkon topib uzating siz, bir dona gul!
A QAYUM