Chiroyli hayotni tuxfa aylagan.
Farzandlarin shoxdek yuksak saylagan.
Oʻzini unutib bizni oʻylagan.
Otamni, onamni asragin Olloh.
Xayotda goxi payt chekib zaxmatni.
Sabr va shukurda qilgan mehnatni.
Sira aytmadilar biror minnatni.
Otamni, onamni asragin Olloh.
Jonini fidolar qilib yashaydi.
Baxtni quchib, gʻamni ortga tashlaydi.
Biri quyosh, biri oyga oʻxshaydi.
Otamni, onamni asragin Olloh.
Xizmatida boʻlay, dunyo turguncha.
Yoshim ulgʻayibdi, qadrin bilguncha.
Men xali ularni rozi qilguncha.
Otamni, onamni asragin Olloh.
Onang kelsa yo'llarini,
Mehir bilan kutib olgin,
Taob qilib qo'llarini,
Duosini olib qolgin.
Kuttirmagin yillu oylab,
Yuragiga quvonch joylab,
Duosini olib qolgin.
Ajal mag'lub etmasidan,
Bu dunyodan o'tmasidan,
Fursat qo'ldan ketmasidan,
Duosini olib qolgin.
Xech bo'lmasa yillu oyda,
Umrin tila pana joyda,
Bu yurishdan yo'qdir foyda,
Duosini olib qolgin.
Eng nozanin gul ham so'lar,
Ertami kech xamma o'lar,
Oxiratda kerak bo'lar,
Duosini olib qolgin.
Yarasiga zaxar sepib,
Yiqilgani o'tma tepib,
Onajoning poyin o'pib,
Duosini olib qolgin.
Ayolni aldamang hiyonat qilmang,
U sizni aldasa yomon bo'ladi. Ishonchiga kirgach jinoyat qilmang. Nomardning ustozi hayvon bo'ladi. Ayolni aldamang u sizni sevib joning ichida extiyot qilib, Bitta yolg'on bilan qolmasin sovub, Atirgul bag'rida tikon bo'ladi. Ayolni aldamang u ona, u yor, u mexribon singil opa vafodor, Unga zig'irchalik bermangiz ozor. Pokiza nomlari harom bo'ladi, Ayolni aldamang uni avaylang, Axir u siz uchun yashaydi o'ylang, Nozikkina gulni so'ldirib qo'ymang. Kim unga sizchalik qalqon bo'ladi. Ayolni aldamang erkaksiz axir,Nomusin tepkilab ko'rsatmang qaxr, Yoningizda uning borligi baxtdir. Nodoning sherigi shayton bo'ladi. Ayolni aldamang sevmasangiz xam to'g'risini ay
ONANGIZ bor bo'lsa ko'taring boshga,
OTANGIZ bor bo'lsa ko'taring boshga,
Qarigan chog'ida kim madad bo'lgay,
Kuniga yaraydi kim sizdan boshqa.
Farzandim deb hatto umrin qaritgan,
Sening baxting uchun jonin horitgan,
Yo'llaring zor kutgan ONANG emasmi?
Sen uchun g'am yutgan OTANG emasmi?!.