Men seni sevaman,
G'uncha labida.
O'pichday titragan
Shabnam misoli.
Men seni sevaman,
Tunning qo'ynida
Kundek yonayotgan bir sham misoli.
Men seni sevaman cho'qqini quchib,
Jarlikdan osilib turgan qoyadek.
Men seni sevaman,
O'zidan cho'chib,
Ortida yashirinib yurgan soyaday.
Men seni sevaman,
Men seni sevaman
Oh bundan ortiq,
Sevishimni talab qilmagin gulim
Bundan ortiq sevgini,
Etolmam tortiq,
Bundan ortiq sevgi bo'ladi o'lim....
Muhabbatim aytgan edim,
So‘ngan yulduz yonib ketdi.
Chorasiz qolgan Majnun,
Laylosini olib ketdi.
Gullardan chiroy so‘radim,
Gullar topdilar imkon.
Yuragimdan atirgulni,
Yasab berdilar shu on.
Maysalarga bosh qo‘ysam,
Xayollarim jon bergan.
Axir, ular orzusi,
Bugun yonimga kelgan.
Muhabbatim aytgan edim,
Tongdan mayin ifor keldi.
Muhabbatimga o‘xshagan,
Chiroyli navbahor keldi.
Qalbga zardob bo‘lib to‘lganing alam,
Gohi ochilmasdan so‘lganing alam.
Muhabbat, muhabbat, hammasidan ham
Sochga oq tushganda kelganing alam!..
Kelsang, ketgil debon haydolmaganing,
Ortga qaytay desang, qaytolmaganing,
Armoning hech kimga aytolmaganing —
Buni bitta o‘zing bilganing alam.
Goh xotir, gohida xayolni yollab,
Goh yulduz, gohida oy kabi porlab,
Shirin jilmayish-la yoniga chorlab,
Olisdan g‘amzalar qilganing alam.
Ko‘nglingga yetti yot uyda yoyib sep,
Kechagina o‘zing meni unut deb,
Endi baxtlimisan, shoir yigit deb,
Kunda bir ustimdan kulganing alam...
Qalbga zardob bo‘lib to‘lganing alam,
Gohi ochilmasdan so‘lganing alam.
Muhabbat, muhabbat, hammasidan ham
Sochga oq tushganda ke