Yig'lamang men yana Kulyapman ona,
Salgina egildim, Sinmadim ona
Men o'zim bilaman Ne yo'qotganim
Faqat yuragimni Bermadim ona.
Dardimning darmoni Dilda duo bor
Men nega ezilay Siz bor Xudo bor.
Yig'lasam quvonchdan yig'ladim bugun, Yomonga qaytguvchi Bir kun jazo bor..
Boshdan boshlaymiz...
Kel, barini boshdan boshlaymiz,
Tanishamiz yana qaytadan.
Yana birga qadam tashlaymiz,
Bu safar MEN tashlab ketaman!
Kel, barini boshdan boshlaymiz,
Soxta hislar etamiz izhor.
Bu gal qoʻllarimiz tutmaymiz,
SEN qoʻl choʻzsang tutmayman zinxor!
Kel, barini boshdan boshlaymiz,
Singan bardosh endi seniki.
Azob chekish SENING navbating!
Hiyonatning gali meniki.
Kel, barini boshdan boshlaymiz,
"Sogʻindim" deb yozar qalaming.
Ismim aytib jilmayganingda,
Yanogʻingni yoqar alaming.
Kel, barini boshdan boshlaymiz,
Yoʻq boʻlaman hafta-haftalab.
MEN yoninga kelmayman hech ham,
Chaqirsangda million martalab!
Kel, barini boshdan boshlaymiz,
Koʻz yumasan nuqsonlarimg
ОНА.....
Дунёга келишинг учун у сени тўққиз ой кўтарган ҳаммол...
Уч йил ошқозонидаги ризқини сен билан тенг бўлишган саҳий...
Камида ўн йил кирларингни ювган хизматкор...
Йигирма йил мазали таомлар билан сийлаган пазанда...
Туғилганингдан бери ҳамма бемор бўлган пайтларингда мижжа қоқмай ғамҳўрлик қилган беминнат ҳамшира...
Кеча-ю~кундуз ўзини унутиб сени дуо қилган фаришта...
Жонинг учун жонини беришга тайёр жонкуяр
Ҳеч качон бирон нарса умидида яхши кўрмаган, шунчаки борлигингни бахт деб билган ягона инсон...
Хатоларингни энг кўп кечирган ва хеч қачон ёмонлик тиламаган аёл...
Емай-едирган, киймай-кийдирган, биринчи болам есин деб яшаган фидойи.
Волидангизн
Dunyo o‘zi bori muammo,
Gʻamlar bizga mudom hamxona.
Nima bo‘lsa bo‘lsin-u, ammo,
Og‘rib meni qo‘rqitmang Ona.
Gohi boyman, gohi bo‘sh hamyon,
Gohi shodman, gohida giryon,
Lek bo‘g‘zimga kelib qolar jon,
Og‘rib meni qo‘rqitmang Ona.
Xavotirda yashamoq qiyin,
Bezovtaman kun o‘tgan sayin,
Dunyolari menga bir tiyin,
Og‘rib meni qo‘rqitmang Ona.
Yaxshi o‘g‘il bo‘lmadimmi yo,
Ko‘zlar emas, qalb yig‘lar go‘yo,
Bittagina, yolg‘iz iltijo,
Og‘rib meni qo‘rqitmang Ona.
Qadringizni bilmadim goho,
Joningizni asrasin Xudo,
Dardlaringiz topsinu shifo,
Og‘rib meni qo‘rqitmang Ona.
BAXT nima bilasizmi?
Avvalo hayotda eng keragi bu - BAXT. U hammada o‘ziga xos.
Uyqudan uyg‘onishingiz - BAXT.
Ekkan gulingizni gullashi - BAXT.
Bir oila jam bo‘lgani - BAXT.
Bolalaringizni sog‘lomligi - BAXT.
Kimnidir sevish ham BAXT.
Sevilish ham.
Sevgan ishingiz bilan shug‘ullanish ham BAXT.
Baxtni kutib yashash emas, uni his qilish kerak.
Qalbingizga quloq soling. Shundagina chinakam BAXTni his qilib yashaysiz.
Kundan kun sezilar odamlar ichra,
Paydo bir tafovut- judayam dag‘al.
To‘y-u, marakada egniga boqib,
Bilasiz, kim boy-u, kimlar kambag‘al.
Oh, ayro turadi, biram bo‘lakcha,
Boylarning toshlari qabristondayam.
O‘nlab chiroqlari baland uylarni,
Yop-yorug‘ ko‘rsatar zimistondayam.
Biz ikki bo‘lindik: boy va kambag‘al,
Nom berar ne bo‘lsa kishi dastida.
Bitta lahad, bir to‘p kafanlik ila
Yaxshiyam, tenglik bor yerning ostida...