Odamlar bor, do'stmi dushman bila olmaysan, Odamlar bor, bitta nuqson topa olmaysan. Odamlar bor, ko'rolmaydi bo'yu savlating, Odamlar bor, atrofida borligi baxting. Odamlar bor, oyoqdamas til bilan yurar, Odamlar bor, ota-onang kabi qayg'urar. Odamlar bor, manfaatsiz nafas olmaydi, Odamlar bor, haqiqatni izlab tolmaydi. Odamlar bor, muxabbatni yolg'on deganlar, Odamlar bor, muxabbatga jonin berganlar.