Bu yerdan izlayman dardimga darmon,
Adashibman chog'i ko'nglim xam to'lmas,
Qadrimga yetguvchi bir inson armon,
Kim do'stu, kim dushman tushunib bo'lmas.
Istagim o'lguncha yashamoq xalol,
Bunga yo'l qo'ymaslar ayting bu ne xol,
O'z sirim o'zimga qarshi bir qurol,
Kim do'stu, kim dushman tushunib bo'lmas.
Bosgan qadamimni poylasa xotin,
Kun bermay ishimni boylasa xotin,
Xar kimga sirimni so'ylasa xotin,
Kim do'stu, kim dushman tushunib bo'lmas.
Ortimga qarasam bema'no o'tmish,
Qani men izlagan chiroyli turmush,
Tanlagan xamkorim ekan kalamush,
Kim do'stu, kim dushman tushunib bo'lmas. ULUG'BEK.