YIG'LA, O'ZBEKISTON Yig'la... O'zbekiston, yig'la, el bugun, Yurtboshimiz hayotin guli so'ldi. Qarang, o'zi yurtni ozod qilgan kun, Ruhi ozodlikka chiqqan kun bo'ldi. O'zbekiston degan ulug' davlatni,
Nima qilsa qildi, dunyo bilguncha.
Eh, chekdilar qancha-qancha zahmatni,
Bu yurtni yurt, bu elni el qilguncha. Ayriliqni eshitib kenja o'g'lim, Mung'aygancha ko'zi bilan chizib er. Biyinchi sinfga boysam, endi kim, Menga sumka, kitob, daftay beyay, der. Yuragim bandidan uzildi, yoki, Ko'zimgamas bo'g'zimga keldi yoshim. Shu olti yosh bolalarning hattoki, Orzusida bor ekan-a Yurtboshim.
Bu o'limdan xursand bo'lgan ey, beg'am,
Bugun balki rosa xandon otarsan.
Lekin shuni unutib qo'yma, sen