Omonat dunyoda omonlik
so'rab,
Ming bir xayol bilan ovundim
ona.
Bugun janozada tobutni ko'rib,
Eski beshigimni sog'indim ona.
Dunyo foniy, o'lim naqt ekan,
Umr asli tugar vaqt ekan.
Tiriklik xam ulkan baxt ekan,
O'tkan yillarimni sog'indim ona.
Yo'qlab kelsa ajalim bir kun,
So'ngi so'zimni xam aytaman
ona.
Besh kunlik dunyoda besh
kuncha
yayrab,
Yana beshigimga qaytaman
ona