“Jon Samarqand”
Aziz shahrim, porloq nuringda
Qaynar hayot, inson tilagi.
Mazlum sharqqa bayroqdor bo’lgan
Ozod elning sensan yuragi,
Jon Samarqand, senga ehtirom.
Mehmondo’st, hur paxtakor elning,
Chiroyisan, tengsiz ko’rkisan.
Iqbolingga ko’z tikkan jahon
Fahrlansa arzir sen bilan,
Jon Samarqand, senga ehtirom.
Qalbimizda mehring jo`sh urib,
Biz madhingni kuylaymiz tinmay.
Cheki yo`qdir quvonchimizning,
To`lqin urar azim dengizday,
Jon Samarqand, senga ehtirom.
Senda turfa millat do`st, hamkor
Vatan berdi senga xush davron.
Shan kelajak ishtiyoqida,
Ketmoqdasan istiqbol tomon,
Jon Samarqand, senga ehtirom.
Kuylasam men metin do`stlikning
Ijodkori ijodin nomin,
Yuragimga hamroh bu qo